
Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz Andijon davlat chet tillari institutida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) bo‘yicha quyidagi ta’lim yo’nalishlar mavjud:
Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili;
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
Ta’lim shakli kunduzgi.
Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Batafsil https://lex.uz/uz/docs/-5657199.