REKTOR SIRMOQLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

 

Andijon davlat chet tillari institutiga mahalladagi og’ir toifadagi yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini o’rganish bo’yicha Baliqchi tumanidagi Sirmoq MFY biriktirilganligi va u yerda institut rahbariyati tomonidan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinayotganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lumot bergan edik.

Bugun – 10.07.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov Sirmoq MFYda bo’lib, u yerda istiqomat qiluvchi «og’ir» toifaga kiruvchi yoshlar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning muammolarini o’rgandi.

Jumladan, Nabiyev Shodiyor, Baxromjonov Ulug’bek, Yorqulov Murodjonlar bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan muammolar haqida fikr yuritildi. Shodiyor bugungi kunda yuk mashinalarni boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasini qo’lga kiritganini, endi chet davlatiga chiqib, shu yo’nalishda ish olib borishi kerakligini bildirdi. Rektor Dilshodbek Abduvahidovich ushbu masala yuzasidan qonuniy yordam berishini ta’kidladi. Qolgan yoshlar bilan ham o’z muammolari yuzasidan suhbat olib borildi.

Avvalgi uchrashuvlarning birida G’aniyeva Gulnora Bobirjon qizi tikuvchilikka qiziqishi borligi, agar tikuv mashinasi bo’lsa, shu bilan o’z biznesini yo’lga qo’yishni maqsad qilganini bildirgan edi. Bugun Gulnora ham o’z maqsadiga erishdi. Institut rektori bu safar tikuvchi qiz xonadoniga o’z sovg’asi – tikuv mashinasi bilan tashrif buyurdi. Oila a’zolari esa bundan xursand bo’lib, duolar qildi.

Leave a Reply

Skip to content