So’nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasiga juda katta e’tibor qaratilib, qator qaror va farmonlar e’lon qilinmoqda.
Qirg’iziston davlatining Issiqko’l turistik maskanida Turkiy davlatlar biznes va investitsiya forumi doirasida Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan taklif etilgan G.Kuchkarova, S.Kurbanova va S.Azimovalar Andijon davlat chet tillari instituti qoshida tashkil etilgan ADCHTI turizm markazini namoyish etmoqdalar. Shu bilan birgalikda ta’lim turizmi bo’yicha ko’plab hamkorlar bilan tanishmoqdalar.