INSTITUT MATBUOT XIZMATI XODIMLARI SANA MUNOSABATI BILAN TAQDIRLANDILAR

 

Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut matbuot xizmati xodimlarini muborakbod etdi va ularga maxsus tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari topshirdi.

Institutda ilmiy, o’quv, ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish va o’tkazish qanchalar ahamiyat kasb etsa, ularni yoritib borish, jamoatchilikni xabardor qilish ham shu qadar muhim ekanini ta’kidlab o’tgan rektor Dilshodbek Abduvahidovich bugungi kun sababchilarining kelgusidagi faoliyatlariga ham omad va zafarlar tiladi.

Shu bilan bir qatorda kontentlarni yana-da sifatli tayyorlashlari uchun matbuot xizmati xodimlariga eng zamonaviy rusumdagi komyuter jamlanmasi sovg’a sifatida topshirildi.

Leave a Reply

Skip to content