Xabaringiz bor (https://t.me/adchti_uz/23297), Andijon davlat chet tillari instituti hamda Singapur Amity Global universiteti o’rtasida yo’lga qo’yilgan hamkorlik bo’yicha Andijon davlat chet tillari institutining istalgan ta’lim yo’nalishi 1, 2, 3-bosqich talabalari shartnoma asosida Singapur Amity Global universitetida 12 oylik akademik mobillik asosida o’qish imkoniyatiga ega bo’lgan edilar.
Ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan bir guruh talabalarimiz 17.06.2024-yil kuni Singapur tomon yo’lga otlanganliklari xabarini kanalimiz orqali e’lon qilgan edik. Shundan so’ng talabalar ko’zlangan manzilga yetib bordilar va belgilangan tartib asosida jarayonlarga kirishdilar.
Bugun – 22.06.2024-yil kuni ZOOM platformasi orqali institut rektori D.A.Rustamov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.Kurbanov, Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev hamda Singapurdagi talabalar o’zaro suhbat olib bordilar.
Suhbat davomida rektor Dilshodbek Abduvahidovich talabalarimizning holati, kayfiyati bilan qiziqdi, ularga yaratilgan sharoitlar haqida so’radi. Talabalar ham o’z navbati fikrlarini bildirib o’tdilar.