XALQARO ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 

Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan so’nggi vaqtlarda xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo’lida ko’plab ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda.

AQSh, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar OTMlari bilan tuzilayotgan shartnoma va imzolanayotgan memorandumlar ushbu fikrimiz isboti bo’la oladi.

Bugun – 05.06.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov raisligida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Ushbu yig’ilish davomida, ayniqsa, chet ellik talabalar, hamkor OTMlar e’tiborini tortish uchun mediya sohasiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi; turli videoroliklar tayyorlanib, institut rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylash zarurligi rektor Dilshodbek Abduvahidovich tomonidan ta’kidlanib, mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.

Leave a Reply

Skip to content