Qirg’izistonda O’sh davlat universitetining 85 yilligi munosabati bilan forum tashkil qilinib, keng nishonlandi. Andijon davlat chet tillari institutidan ham vakillar: Zebo Kobulova va Nargiza Qosimovalar ishtirok etib, O’sh davlat universiteti rektori bilan ko’rishib, esdalik sifatida sovg’alar berdilar.
Forumning maqsadi: shaharlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda ta’lim, fan, biznes va hukumat imkoniyatlarini birlashtirgan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillari sifatida ilmiy va biznes hamjamiyatining mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbuslarini integratsiya qilish; mintaqaviy iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida doimiy bilimlar, ilg‘or tajribalar, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi uchun platforma yaratishdan iboratdir.