“TALABA BILAN BIR KUN” LOYIHASI DEKANLAR BILAN

 

 

Andijon davlat chet tillari institutida joriy o’quv yilining 2-qismidan institut rektori D.A.Rustamov tashabbusi o’laroq «Talaba bilan bir kun» loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Rektor boshlab bergan ushbu an’anani, prorektorlar, boshqarma va bo’lim boshliqlari davom ettirib, ushbu o’quv yili uchun so’nggi navbatini fakultet dekanlari o’tkazdilar.

Dekanlar K.Karimov, M.Pazilov hamda A.Ataboyevlar Talabalar turar joyiga tashrif buyurib dastlab DXSh asosida qurilayotgan yangi binolarda ketayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. Shundan so’ng talabalar uchun tashkil qilingan volleybol maydonida ular bilan birga volleybol o’ynadilar.

Keyin esa turli to’garaklar faoliyatlari bilan qiziqib, ularning a’zolari bilan suhbatlar olib bordilar. Talaba-qizlar yashash manzillarida bo’lib, ularning ushbu o’quv yili davomida olgan taassurotlari, ta’til vaqtidagi rejalari haqida fikr almashdilar.

Dekanlar tashabbusi bilan tashkil qilingan kechki ovqat – o’zbek xalqining sevimli milliy taomi bo’lgan palov barcha talabalarga tarqatildi.

Keyingi o’quv yilida ham ushbu loyiha yanada kengroq, qiziqroq tarzda tashkil qilinadi.

Leave a Reply

Skip to content