1-iyun – Xalqaro bolalar kuni yurtimizda keng miqyosda nishonlandi. Madaniyat va istirohat bog’lari, savdo majmualarida turli ko’ngilochar tadbirlar tashkil qilindi.
Jumladan, Andijon viloyati qo’g’irchoq teatrida ham bolajonlarni bayram bilan tabriklash, ularning ko’nglini olish maqsadida tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari ham o’z farzandlari bilan ishtirok etdilar.