ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI MUZEYI TASHKIL QILINADI

 

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida institut tarixini hozirgi va kelgusi avlodga yetkazib berish maqsadida institut muzeyi tashkil qilinmoqda.

Bugun – 29.05.2024-yil kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.R.Axmedov boshchiligida mas’ullar ishtirokida ushbu muzeyni tashkil qilish va boyitish masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida professor M.Umarxo’jayev tomonidan muzeyga qo’yilishi mumkin bo’lgan materiallar sharhlab berildi va bular soni hamda sifatini oshirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.

Agar sizda ham institutimiz tarixiga oid rasmlar va ma’lumotlar bo’lsa, bizning telegramdagi @adchti_pressa manzilimizga yuboring va muzeyimiz boyishiga o’z hissangizni qo’shing!

Leave a Reply

Skip to content