PROFESSORLARIMIZ ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETDILAR

 

Kuni kecha Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishda xalqaro tajribalar va yondashuvlar” mavzusida navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya yalpi majlisi ochilishida Andijon davlat chet tillari instituti nomidan professorlar M.Umarxodjayev, S.Solijonov va Sh.Alimov kabi zabardast ustozlarimiz ishtirok etdilar. Tashkiliy ko’mita konferensiya ishtirokchilarini chet tilini o‘qitish bo‘yicha asosiy g‘oyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga egaligi bilan qutladi.

Chet tillarini xalqaro standartlar asosida o‘qitish, ta’limni yuqori bosqichga olib chiqish uchun innovatsiyalar va texnologik yechimlarni qo‘llash kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan anjumanda chet tili o‘qituvchilari, xorijlik ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida Andijon davlar chet tillari instituti professorlarining sohaga oid ilmiy ma’ruzalari tinglandi, chet tillarini o‘qitish sohasida ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masalalar hamda bu borada xorijlik olimlarning tadqiqot va takliflari keng muhokama qilindi. Til o‘qituvchilari o‘rtasida kasbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chet tili ta’limida yangi va zamonaviy metodlar ishlab chiqish bo‘yicha dolzarb masalalariga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar, takliflar muhokama qilindi.

Leave a Reply

Skip to content