
Andijon davlat chet tillari institutiga mahalladagi qizil toifadagi yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini o’rganish bo’yicha Baliqchi tumanidagi Sirmoq MFY biriktirilganligi va u yerda institut rahbariyati tomonidan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinayotganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lumot bergan edik.
Bugun – 24.05.2024-yil kuni sirmoqlik yoshlar uchun ichki turizmni rivojlantirish, ularni turli kasb-hunar markazlari bilan tanishtirish maqsadida sayohat tashkil qilindi.
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositov mas’ulligida o’tgan ushbu sayohat Registon maydonidan boshlandi. U yerda milliy hunarmandchilikka asoslangan savdo do’konlari bilan tanishgan yoshlar, kosibchilik va to’quvchilik kichik korxonalariga ham tashrif buyurdilar, u yerdagi ish faoliyati bilan tanishdilar.
Shundan so’ng Andijon davlat chet tillari institutida bo’lgan Sirmoq yoshlari institut bilan to’liq tanishib chiqdilar va rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida rektor D.Rustamov yoshlarga ilm olish, kasb-hunar egallashga qaratilgan fikrlarini bildirib o’tdi. Shundan so’ng yakka holda ham suhbatlar tashkil qilinib, unda har bir yosh bilan o’z rejalari, uni amalga oshirishda institut tomonidan beriladigan amaliy yordam haqida muloqot qilindi.
Tushlikdan so’ng esa Bog’ishamol dahasidagi Bog’i Bobur istirohat bog’iga tashrif buyurildi va kun yakuniga qadar madaniy hordiq chiqarildi.