O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti hamda «VodiyQuiz» ijodkorlari hamkorligida «LinguaQuiz» intellektual ligasi tashkil qilinganidan xabaringiz bor.
Kuni kecha ushbu turnirning final bosqichi bo’lib o’tdi. Final bosqichida saralash bosqichida ishtirok etib, 5 tur natijasiga ko’ra dastlabki 10 ta o’rinni egallagan jamoalar ishtirok etdilar.
Murosasiz kechgan final bellashuvi yakunida g’olib hamda sovrindorlar quyidagi ko’rinishni oldi:
1-o’rin: Roman-german va slavyan tillari fakultetining «RGSTF» jamoasi;
2-o’rin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining «Frankafoniya» jamoasi;
3⃣-o’rin: Institut ma’muriyatining «Ma’muriyat 1» jamoasi.
G’olib hamda sovrindorlarga mos ravishda institut rektori D.A.Rustamov tomonidan diplomlar hamda qimmatbaho sovg’alar (kompyuter jamlanmasi, televizor, kitoblar jamlanmasi) topshirildi.