
Har bir Oliy ta’lim muassasasining o’z oldiga qo’ygan maqsadi va vazifasi o’z mutaxassisligining chinakam egasi bo’lgan yetuk kadrlarni jamiyatga taqdim etish, turli jabhalarda vatan taraqqiyoti yo’lida xizmat qilishga imkon yaratishdan iborat.
Andijon davlat chet tillari institutini joriy o’quv yilida 1700 nafarga yaqin talabalar bitirib, o’z mutaxassisliklari bo’yicha ish olib borishga shay holatda turibdilar. Ularni ish bilan ta’minlash ayni kunda unstitutning dolzarb masalalaridan biri.
Ayni shu maqsadda Andijon davlat chet tillari instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi tomonidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi hamda Andijon viloyati kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari bilan hamkorlikda «Karyera kuni» o’tkazildi.
Dastlab bitiruvchi talabalar bilan davra suhbati tashkil qilindi. Suhbatni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov ochib berdi va ushbu tashkil qilingan «Karyera kuni»ning maqsadlari bilan tanishtirdi.
Shundan so’ng Andijon viloyati kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Dolimov hamda boshqa tashrif buyurgan mutaxassislar bitiruvchi talabalarga ishga joylashish va ish faoliyatini olib borish bo’yicha tushunchalar berib o’tdilar.
Tadbirning ikkinchi qismida tuman-shaharlardan kelgan ish beruvchilar bilan suhbatlar tashkil qilinib, shu yerning o’zida bituvchilar uchun mehnat shartnomalari tuzish takliflari bildirildi.