MAHLIYONING MUVAFFAQIYATLARI DAVOM ETMOQDA

 

Yoshlar akademiyasi yurtimiz yoshlarining innovatsion faoliyatda rivojlanishiga katta hissa qo‘sha oladigan yosh olimlar va tadbirkorlarning yangi avlodini tayyorlashda asosiy omiliga aylanmoqda.

Kuni kecha Andijon Yoshlar Texnoparkida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi a’zoligiga qabul qilingan iqtidorli yoshlarga a’zolik sertifikati topshirish marosimi o’tkazildi.  

Quvonarlisi, Andijon davlat chеt tillari institutining Ingliz tili va adabiyoti fakultеti 3-bosqich 303-guruh talabasi Karimova Mahliyo Ibragimjon qizi ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi kengashining qaroriga asosan aʼzolikka qabul qilindi.

Iqtidorli talabamiz Karimova Mahliyo Ibragimjon qizining yoshlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilingani   munosabati bilan talabamizning ilmiy-innovatsion faoliyatida  muvaffaqiyat tilab, kеlgusida yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti yo’lida xizmat qilishiga ishonch bildiramiz.

Leave a Reply

Skip to content