Andijon davlat chet tillari institutida joriy yilning 17-may kuni Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Umumiy filologiyaning dolzarb masalalari» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Andijon davlat chet tillari institutida amaliy anjuman tashkil qilindi. Anjuman doirasida moderatorlar tomonidan mahorat darslari o’tildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoning yetakchi institutlaridan bo’lgan Qozog’iston Respublikasi Nazarboyev universiteti bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida onlayn suhbat tashkil qilindi.
Roman-german va slavyan tillari fakulteti rahbariyati va viloyat Rus madaniyati markazi hamkorligida tadbir tashkil qilindi.
Xorijiy mutaxassislar bilan turizmni rivojlantirish maqsadida Andijondagi turizm obyektlari va institutning Xonobod shahridagi Turizm o’quv laboratoriyasiga sayohat tashkil qilindi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar institutdagi professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlarning xalqaro OTMlari faoliyati bilan tanishishlari, ularning yaxshi jihatlarini o’z faoliyatlari va o’quv jarayonlariga tatbiq etishlariga qaratilgan.