XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TASHKIL QILINDI

 

 

Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahridagi «Turizm o’quv laboratoriyasi»da Roman-german va slavyan tillari fakulteti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik hamda Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedralari tomonidan «Umumiy filologiyaning dolzarb masalalari» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyani institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi va mavzu yuzasidan o’z ma’ruzasini o’qib eshittirdi.

Shundan so’ng Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig’i B.Sotvoldiyev, kafedra mudirlari A.Teshaboyev, Z.Kabulova, M.Ishanjanova hamda professor-o’qituvchilar ham o’z ma’ruzalari konferensiyada ishtirok etdilar.

Ma’ruzalardan so’ng fakultet dekani M.Pazilov tomonidan ishtirokchilar uchun hudud bo’ylab sayohat tashkil qilinib, barchani Xonobodning so’lim havosidan bahramand bo’lishga taklif etildi.

Leave a Reply

Skip to content