«OILA – MUQADDAS DARGOH» MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL QILINDI

 

Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan», –

deydi xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N.M.Qodirova.

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi hamda Andijon davlat chet tillari instituti o’zaro hamkorlikda 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati «Oila – muqaddas dargoh» mavzusida ochiq muloqot tashkil etdilar.

Tadbirni Andijon davlat chet tillari instituti xotin-qizlar masalalari buyicha rektor maslahatchisi N.M.Qodirova ochib berdi. Tadbirga viloyat Xotin-qizlar boshqarmasi faoli M.Mashrabova hamda Milliy tiklanish demokratik partiya kengash  raisining o’rinbosari Z.Qodirovalar tashrif buyurdilar.

Tadbirda ishtirok etgan kafedralarda faoliyat olib boruvchi professor-o’qituvchilar, Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o’zlariga kerakli xulosalar oldilar.

Leave a Reply

Skip to content