UMUMTA’LIM MAKTABLARI BILAN HAMKORLIK

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i R.R.Karimov o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan va uning ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kuni kecha Paxtaobod tumani 37-IDUMda ham ana shu memorandum ijrosiga qaratilgan tadbir tashkil qilindi.

Unda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan o’quvchi-yoshlarni ilm olish, Oliy ta’lim muassasalariga kirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida master klass darsi tashkil qilindi.

Shundan so’ng maktab o’qituvchilari va o’quvchilari uchun institutda tashkil qilingan «LinguaQuiz» o’yini o’tkazildi. Maktab jamoasi ushbu loyihadan xursand bo’ldilar.

Leave a Reply

Skip to content