Andijon davlat chet tillari institutiga mahalladagi qizil toifadagi yoshlarni aniqlash, ularning muammolarini o’rganish bo’yicha Baliqchi tumanidagi Sirmoq MFY biriktirilganligi va u yerda institut rahbariyati tomonidan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinayotganligi haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lumot bergan edik.
Bugun – 13.05.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov Sirmoq MFYda bo’lib, u yerda istiqomat qiluvchi «og’ir» toifaga kiruvchi yoshlar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning muammolarini o’rgandi.