Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig’ilishi hushxabarlar bilan boshlandi. Unda institut rektori D.A.Rustamov tomonidan:
Abduvaliyev Maxamatjon Arabovichga Filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi;
Kurbanov Elbek Elmurodovichga «Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi» ixtisosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvoni;
Ataboyev Ahadjon Djumaqo’ziyevichga «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» ixtisosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvonlari topshirildi.
Ustozlarni ushbu ilmiy daraja va unvonlar bilan muborakbod etgan holda, kelgusi ish hamda ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.