KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

 

 

🇺🇿 9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida katta tantanalar bilan nishonlanib, 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

Shu munosabat bilan bugun – 08.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.A’zamov boshchiligida ustozlarni xotirlash, ularning holidan xabar olish maqsadida kafedrada ishlab chiqqan ustoz T.Umirzaqovaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida ustoz bilan birga bosib o’tilgan go’zal davrlarni eslab suhbat qurdilar. Suhbat so’nggida ustozning duolarini oldilar.

Leave a Reply

Skip to content