Xabaringiz bor, respublikamiz miqyosida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkor adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli koʻrik-tanlovlar tashkil qilinmoqda.
Xuddi shunday tadbirlar bugun – 04.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida ham tashkil qilinishi haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilgan edik.
Erta tongdan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoir Humoyun Akbarov hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi raisi, shoira Xurshidabonu Vahobjon qizilar institutning bir guruh faol talaba-yoshlari hamda rahbar-xodimlari tomonidan kutib olindi.
Shundan soʻng esdalik suratlarga tushgan mehmonlar, institutda faoliyat olib borayotgan kafedralar tomonidan tashkil qilingan koʻrgazmalar bilan tanishdilar. Keyin esa “Yashil makon’’ umummilliy harakati doirasida daraxt oʻtqazish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu 3 ijodkor mas’ullar hamrohligida Boʻston, Baliqchi tumanlari hamda Xonobod shahriga aholi va oʻquvchilar bilan uchrashuvlarga yoʻl oldilar.