FAKULTET DEKANI BUYUK BRITANIYADA O’TKAZILAYOTGAN XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA

  

 

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev Buyuk Britaniyada IATEFL (Xorijiy til sifatida ingliz tilidan dars beruvchi o‘qituvchilarning xalqaro assotsiatsiyasi) hamda unga hamkor va homiy tashkilot Cambridge University Press tomonidan tashkil qilingan 57-xalqaro konferensiya va ko‘rgazmasi (57th International Conference & Exhibition)da ishtirok etmoqda. Ushbu konferensiyadan ko‘zlangan maqsad dunyo miqyosida barcha sohalarda ingliz tilidan dars beruvchi o‘qituvchilarni birlashtirish, yangi, ilg‘or va zamonaviy usul va tajribalar bilan boyitish hisoblanadi.

Shuningdek, IELTS, TOEFL hamda TESOL imtixonlariga tayyorgarlik hamda imtixon o‘tkazish bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlar ikki tomonlama kelishuvga oid suhbatlar olib borilmoqda.

Leave a Reply

Skip to content