
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i R.R.Karimov oʻrtasida tuzilgan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti rektori filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun viloyatdagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 9 va 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida Ingliz tili fan olimpiadasini oʻtkazish belgilangan edi.
Bugun – 16.04.2024-yil kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani 4-umumiy oʻrta ta’lim maktabida tumandagi 9 va 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Ingliz tili fan olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Institutning Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov ushbu olimpiadaning ochilish marosimida soʻzga chiqib, ishtirokchilar va ularning ustozlariga olimpiadani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi. Shundan soʻng barchaga omad tilab, ishtirokchilar guruhlar kesimida xonalarga taklif qilindi.
Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Endi ular viloyat bosqichida asosiy sovrin uchun bellashadilar.