Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarda joriy yilning aprel oyida Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamovning sovrini uchun o’quvchilar o’rtasida ingliz tili fan olimpiadasi o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan Ingliz tili va adabiyoti fakultetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri hamda professor-oʻqituvchilari ushbu olimpiadaning 1 va 2-bosqichlarini viloyatning tuman va shaharlaridagi maktablarda sifatli tashkil etish va o’tkazish maqsadida Xoʻjaobod tumaniga qarashli umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, targ’ibot ishlarini olib bormoqdalar.