DINIY AQIDAPARASTLIKNING KELIB CHIQISHI VA MOHIYATI

Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar orasida turli yot g‘oyalarga aldanib qolish, diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlikni oldini olish maqsadida «Xavfsiz talaba kuni» doirasida «Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va mohiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbati Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov hamda institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev va M.Najmiddinovalar tomonidan tashkil qilindi. Unda institut rektori maslahatchisi A.Normuratov, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyati bo’limi mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida talaba-yoshlar tomonidan turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish holatlari kuzatilayotgani, diniy aqidaparastlikning turli ko’rinishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Leave a Reply

Skip to content