Butun dunyo aholisi 1-aprel – Xalqaro qushlar kunini nishonlaydi. 1894-yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida, keyinchalik ommabop bo‘lib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Yevropada ham o‘tkazila boshlandi. Jahonda qushlarni himoya qilish maqsadida 1906-yil 1-aprelda qushlarni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro konvensiya imzolangan va bu dunyo miqyosida qabul qilingan dastlabki ekologik hujjatlardan biri hisoblanadi.
Andijon davlat chet tillari institutida ham ayni shu kun munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi hamda tyutorlar tomonidan talaba-yoshlarning tabiatga, ayniqsa, qushlarga muhabbatini oshirish maqsadida qushlar koʻrgazmasi tashkil qilindi.