“TALABA XAVFSIZLIGI” KUNI FAOL TASHKIL QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qoʻshma qaror qabul qilingan boʻlib, unga koʻra haftaning payshanba kunlari “Talaba xavfsizligi” kunini oʻtkazish belgilangan.

Andijon davlat chet tillari institutida kuni kecha ushbu kun munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil qilindi.

Jumladan, institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev va M.Najmiddinovalar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, tushuntirish ishlari olib borilib, Talabalar turar joyi hamda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Leave a Reply

Skip to content