Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.A’zamov boshchiligidagi kafedra professor-oʻqituvchilari Talabalar turar joyida boʻldilar va u yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida kafedra mudiri hamda professor-oʻqituvchilar tomonidan xalqaro sertifikatlar olish, ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish bo’yicha tushunchalar berib oʻtildi va talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.