Hashar azal-azaldan oʻzbek millatining oʻziga xos an’analaridan, qadriyatlaridan biri sanaladi. Odatda bahor yaqinlashganda yoki 21-mart – Navroʻz bayramiga tayyorgarlik jarayonida koʻkalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlari butun respublikamiz boʻyicha amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-sonli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hayriya hasharini oʻtkazish belgilangan.
Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida, xususan, Andijon davlat chet tillari institutida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut hududlari tozalanib, mevali va manzarali daraxtlar oqlanmoqda. Yerlarga ishlov berilib, turli xil gullar ekilmoqda.