STARTUP VA AN’ANAVIY BIZNES SEMINARI TASHKIL QILINDI

Bugun – 15.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida startup va biznesga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun institutimiz lider talaba-qizlari tomonidan “StartUp va An’anaviy biznes” mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida M.Karimova va D.Toʻlqinovalar Start Up va uning rivoji, an’anaviy biznes, Start Up uchun muhim gʻoyalar va Unicorn haqida koʻplab ma’lumotlar berib oʻtdilar.

Seminar soʻnggida talaba-yoshlar StartUp haqida toʻliq ma’lumotlarga ega boʻldilar hamda oʻzlari qiziqqan savollariga atroflicha javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content