Xabaringiz bor, ayni kunlarda har bir shahar-tumanlarda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.
Biz uchun quvonarlisi shundaki, ushbu tanlovda ishtirok etayotgan bir necha talabalarimiz hududiy bosqichda muvaffaqiyat qozonib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar.
Bugun – 14.03.2024-yil kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov tomonidan ushbu fakultetda tahsil oluvchi va Ulugʻnor hamda Andijon tumani bosqichlarida yutuqqa erishgan talabalar: Ismoilova Muattarxon hamda Toʻlqinova Dilafruzlar taqdirlandilar.
Izoh: hozirda yutuqqa erishgan talabalarimiz haqida qoʻshimcha ma’lumotlar kelib tushmoqda, ularni ham e’lon qilamiz.