RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Talabalar turar joyidan “OpenBudjet”ga ovoz bermagan talabalarni chiqarilmayotgani yuzasidan videolar tarqaldi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati shuni ma’lum qiladiki, haqiqatda bugun – 13.03.2024-yil kunidan “Tashabbusli Budjet”ga ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ushbu jarayonda Andijon davlat chet tillari instituti ham oʻz loyihasi bilan ishtirok etmoqda. Talabalar turar joyi va institutda talabalarga ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlash uchun ovoz berishlari yuzasidan targ’ibot ishlari olib borilmoqda, lekin video izohlarida aks etganidek talabalarni majburan, ushlab turgan holda ovoz berish holatlari mavjud emas.

Boʻlib oʻtgan holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Leave a Reply

Skip to content