15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan Andijon davlat chet tillari institutida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi F.Mirzayev hamda Viloyat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Boltaboyev, mutaxassislar N.Tursunov, A.Abdiyevlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida talaba-yoshlarga mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, tarqatma materiallar tarqatildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.