REKTOR TABRIGI

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram ayollar!

Men uchun qadrli bo‘lgan talaba-qizlar!

 

Sizlarni va siz orqali barcha ayollarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutlayman!

 

 (https://adchti.uz/2023/03/07/rektor-tabrigi/)Ushbu bayramning bahorning ilk kunlarida nishonlanishi bejiz emas. Tabiat ham sizdan ilhom olib butun yer yuzini yashillik va gullarga burkaydi.

 

Ayol – Yaratganning tengsiz mo’jizasi, hayotimiz chirog’i, bizni jasoratlarga undovchi buyuk hilqatdir. Bugungi kunda ayollarimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy jabhalar bo’ladimi, ular o’z imkoniyatlari va salohiyatini namoyon etmagan sohaning o’zi yo’q.

 

Tarixga nazar tashlasak, har bir buyuk shaxs ortida kuchli onalar, ayollarimiz turganini bilamiz. Barcha sohalar rivojini ayollarimiz ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Ta’lim sohasida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan muhtarama ustozlar, sizlarning faoliyatingizni har qancha ulug’lashga munosib. Sizlar sababli farzandlarimiz munosib ta’lim va tarbiya olib, vatanimiz ravnaqi uchun hizmat qilishmoqda. Institutimizning bugunga qadar erishgan barcha yutuqlarida Siz aziz ayollar va talaba-qizlarimizning o‘rni beqiyos.

 

Ro‘zg‘or, bolalar tarbiyasidan ortib, o‘qishda, ilmiy tadqiqotda faoliyat olib borish katta matonat talab etadi. Ayniqsa, ayollarimizning ilm-fan, tadqiqot ishida yuksak natijalarga erishishi ikki karra jasoratni talab etadi.

 

Bir so’z bilan aytganda, O’zbekistondagi zamonaviy ayol, bugun nafaqat uy bekasi, balki jamiyatning ishonchli tayanchi, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ona-yurtga sadoqat tuyg’ularini singdiradigan mehr-oqibat timsoli, yetuk mutaxassis, o’z kasbining ustasi sifatida oldingi saflarda mehnat qilib kelmoqda va yurt ravnaqiga munosib ulush qo’shmoqda. Vatanga, oilaga, hayotga va kelajakka ehtirom — ayolga, onaga ehtiromdan boshlanadi. Ularni qancha qadrlasak ham kam. Sizga doimo ta’zimdamiz!

 

So‘zimning so‘nggida Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklayman!

 

Hurmat bilan,

Dilshodbek Rustamov,

Andijon davlat chet tillari instituti rektori

Leave a Reply

Skip to content