MARKAZIY OSIYO YOSHLARI FORUMI DAVOM ETMOQDA

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Hindiston davlatida Markaziy Osiyo yoshlari forumi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu forumda Andijon viloyati delegatsiyasi safida Andijon davlat chet tillari instituti vakillari – Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Sevara Kurbanova, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) yoʻnalishi magistranti Muqaddasxon Adahamova hamda Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yoʻnalishi talabasi Moxlaroy Maxsudovalar ham ishtirok etmoqdalar.

Forum doirasida turli seminar-treninglar, sayohatlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil qilinib, unda institutimiz vakillari ham faol qatnashmoqdalar.

Leave a Reply

Skip to content