Bugun – 14.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori D.Xakimovga biriktirilgan guruhlardagi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida “Bobur yodi mangu dilimizda” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi uslubchisi M.Saliyeva, Ingliz tili va adabiyoti dekani oʻrinbosari O.Vositov hamda talaba-yoshlar kuzatib bordilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligiga bagʻishlangan chiqishlar va turli gʻazallar hamda ruboiylari aytildi. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini yana bir bor yodga olishdi.