Andijon viloyati hokimligi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini keng nishonlash maqsadida Andijon shahridagi Bobur maydonida katta tadbir tashkil qilindi.
Shoh Bobur poyiga gullar qoʻyish bilan boshlangan tadbirni Viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ochib berdi hamda buyuk shoir va davlat arbobining yurt ravnaqiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdi. Soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo hamda bir qator olim va shoirlar ham soʻz olib, shoir ijodi hamda faoliyatini keng yoritib berdilar. Tadbir gʻazalxonlik va sahna koʻrinishlari bilan davom etdi.
Ushbu tadbirda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida mehnat jamoasi va faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.