Bugun – 13.02.2024-yil kuni Andijon davla chet tillar institutining Roman-german va slavyan tillari fakultetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi institut lideri X.Abdumuxtorov hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti lideri G.Mamasidikovalar ishtirokida Yoshlar akademiyasi faoliyati yuzasidan targʻibot ishlari olib borildi.
Unda talaba-yoshlarga Yoshlar Akademiyasi faoliyati, unga a’zo boʻlish, maqsad va vazifalari, undagi liderlar faoliyati, imtiyozlar, Ilmiy-innovatsion faoliyat doirasida ilmiy loyihalar, startap ishlab chiqish va rivojlantirsh maqsadida tashkil etilayotan “Mirzo Ulug’bek vorislari”, “Akademik harakatchanlik”, “Boʻlajak olim”, “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni tanlovlari haqida ham tushunchalar berib oʻtildi.