
Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”
Bugun – 13.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudiri Z.Kabilova professor-oʻqituvchilari U.Kabulova, M.Xomidova, ARM rahbari N.Rustamova hamda tyutor O.Azimovalar tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yillgi munosabati bilan ilmiy seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida talaba-yoshlar buyuk bobolarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar va turli g‘azal hamda ruboiylari aytildi. Faol ishtirok etgan talabalarga estalik sovgʻalari topshirildi.