“QVZ VODIY LIGASI”DA INSTITUTIMIZ QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR JAMOASI ISHTIROK ETDI

Bugun – 06.02.2024-yil kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazi faollar zalida “QVZ Vodiy ligase”ning saralash bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlaridan jami 22 ta jamoalar ishtirok etdi. Xususan, Andijon davlat chet tillari institutining “Antanta” jamoasi ham saralash bellashuvlarida oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi.

“Antanta” jamoasining chiqishlari muxlislar va mutaxassislarga manzur kelib, ular keyingi bosqichga yoʻl olgan 12 ta jamoa orasida qayd etildi. Bundan tashqari boshqa jamoalarga nisbatan chiqishlari ijobiy baholanib, hamkorlardan biri “Mumtoz Cards” firmasi tomonidan 30 foizlik chegirma vaucheri bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Skip to content