INSTITUT REKTORI IJARA XONADONLARIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABALAR HOLIDAN XABAR OLDI

Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida mas’ullar talabalar holidan xabar olish, yashash sharoitlarini oʻrganish maqsadida ular istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirdilar.

Xonadonlarga tashrif buyurilganda u yerda qishki mavsumni oʻtkazish uchun sharoitlar mavjudligi, ovqatlanish, dars tayyorlash va dam olish uchun imkoniyatlar yaratilgani holatlari koʻzdan kechirildi.

Bundan tashqari talaba-yoshlarning oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari; darslardan boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklari; institutda tashkil qilingan toʻgaraklar, oʻtkazilayotgan koʻrik-kanlov, sport musobaqalaridagi ishtiroklari xususida suhbatlar olib borildi. Talabalarning fikr va takliflari tinglanib, ularga munosabatlar bildirildi.

Leave a Reply

Skip to content