Bugun – 22.01.2024-yil kuni Andijon viloyatida «Teatr kuni» bo‘lib o‘tdi va unda barcha tashkilot rahbarlari, mutasaddilar viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, Usmon Azim qalamiga mansub asar asosida sahnalashtirilgan «Bobur sog‘inchi» nomli spektakl namoyishida bo‘ldilar.
Ushbu namoyishda Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov boshchiligidagi prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdilar.
Shoh va shoir Boburning Ona Vatanga muhabbati aks ettirilgan ushbu asar barcha tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. Spektakl yakunida aktyorlar mahorati davomiy qarsaklar bilan olqishlandi.