Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutori O.Azimova tomonidan Talabalar turar joyida «Qizlarjon» klubi a’zolari uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Mahorat darslari davomida ustozlar o‘zlarining milliy taomlar va salatlar tayyorlash bo‘yicha bilim hamda tajribalarini talaba-qizlar bilan o‘rtoqlashdilar.Talabalar ushbu mahorat darslari davomida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.