Xabaringiz bor, joriy yilning 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tib, unda jamiyat, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini rivojlantirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.
Ushbu yig’ilishda Prezident tomonidan ilgari surilgan fikrlarni professor-o’qituvchilarga yetkazish, shular asosida ish tashkil qilishni rejalashtirish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti rahbariyati hamda professor-o’qituvchilari uchun seminar tashkil qilindi.
Seminarni institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ochib berdi va ushbu loyihaning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o’tdi.
Shundan so’ng Ma’naviyat va ma’rifat Kengashida ilgari surilgan fikrlar, loyihalarga to’xtalib o’tilib, ularni institut hayotiga tatbiq etish, talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashlarini rivojlantirishda har bir xodim, har bir professor-o’qituvchi mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozimligiga Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi A.Normuratov va boshqa mutaxassislar tomonidan alohida ta’kidlab o’tildi.