O’QUV-USLUBIY BO’LIM TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL QILINDI

Avval xabar berganimizdek, talabalar qishki ta’tilda ekanliklaridan foydalangan holda institut ma’muriyati tomonidan rahbar-xodimlar, professor-o’qituvchilar, tytorlarning ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy, ilmiy savodxonliklarini oshirish maqsadida bir qator seminar va treninglar o’tkazish reja qilingan.

Ushbu rejaga asosan bugun – 29.12.2023-yil kuni fakultet dekanlari hamda ularning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari uchun «Kredit-modul tizimiga o’tish: muammo va yechimlar» mavzusida seminar o’tkazildi. Dastlab seminar tashkil qilinishi mazmun-mohiyati xususida o’quv ishlari bo’yicha prorektor E.E.Kurbanov kirish so’zida aytib o’tdi.

Shundan so’ng mutaxassislar: O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i S.Toshtonov hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi boshlig’i A.Maxkamovlar tomonidan seminar ishtirokchilariga dars mashg’ulotlari olib borildi.

Leave a Reply

Skip to content