«Kitobxon guruh» loyihasi o’z ishini boshladi

Andijon davlat chet tillari instituti “Besh muhim tashabbus” markazi tomonidan “Kitobxon guruh” tanlovini oʿtkazish yuzasidan

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar:
    • Ushbu Nizom Andijon davlat chet tillari instituti talabalari oʿrtasida tashkil qilinadigan “Kitobxon guruh” koʿrik-tanlovi (keyingi oʿrinlarda koʿrik-tanlov deb yuritiladi) uchun amalda boʿladi;
    • Koʿrik-tanlovda har bir guruh talablaridan tashkil topgan jamoalar (6 nafardan) ishtirok etishlari mumkin boʿladi;
    • Koʿrik-tanlovda ishtirok etuvchi jamoalar tyutorlar tomonidan shakllantiriladi hamda “Besh muhim tashabbus markazi” tomonidan roʿyxatga olinadi.
  2. Koʿrik-tanlovning maqsad va vazifalari:
    • Oʿzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi boʿlgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular oʿrtasida kitobxonlikni keng targʿib qilishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil qilish boʿyicha Andijon davlat chet tillari instituti talabalarining kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni asrab-avaylash, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga e’tibor qaratish.
  3. Koʿrik-tanlovni oʿtkazish va baholash tartibi:
    • Koʿrik-tanlovda ishtirok etish uchun guruhlardan tyutor bilan maslaxatlashgan holda 6 nafardan iborat jamoalar shakllantiriladi;
    • 1-bosqichda har bir tyutorga tegishli boʻlgan tyutorning guruhlari aro bellashuv tashkil qilinadi, ushbu bellashuvlarda gʻalaba qozongan jamoa keyingi – 2-bosqichga – yoʻllanmani qoʻlga kirirtadi;
    • 2-bosqichda tyutorlarning guruhlari aro bellashuvlarda gʻolib boʻlgan jamoasi fakultet miqyosida oʻzaro bellashadilar hamda gʻolib boʻlgan jamoalar keyingi – 3-final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi;
    • 3-bosqichda har bir fakultetning gʻolib boʻlgan jamoalari oʻzaro bellashadilar hamda umumiy natijalarga koʻra gʻolib jamoa nomi eʻlon qilinadi;
    • Jamoalar quyidagi shartlar asosida bellashadilar:
  4. Oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan namoyondalari hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar oʻtkaziladi. Jamoa sardorlari qur’a yoʻli bilan ijodkorni tanlaydilar. Tanlangan ijodkor faoliyatiga oid jami 15 ta savoldan iborat ushbu shartda har bir savolga javob berish uchun 10 soniya vaqt beriladi, jamoaning savolga toʻgʻri javob berishiga koʻra har bir toʻgʻri javob uchun 2 balldan taqdim etiladi (shoir va yozuvchilar roʻyxati ilova qilinadi);
  5. Oʻzbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri qur’a yoʻli bilan tanlab olinadi hamda tanlangan asar yuzasidan tuzilgan testlar jamoalar tomonidan ishlanadi. 25 ta testga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi va har bir toʻgʻri javob 2 ball bilan baholanadi (asarlar roʻyxati ilova qilinadi);
  6. 2-shartda tanlangan asar yuzasidan 3-shartda “Ushbu asarni oʻqish uchun 10 sabab” nomli taqdimotlar himoya qilinadi. Ushbu shart ishchi guruh tomonidan 20 ballgacha baholanadi.
    • Koʻrik-tanlov yakunida agar ikki yoki undan ko‘p guruhlar bir xil ballga ega bo‘lsa, g‘olib guruh ishchi guruh tomonidan belgilangan qoʻshimcha shartlar asosida aniqlanadi.
  7. Jamoalarga qoʻyilgan talablar:

4.1. Koʻrik-tanlov davomida:

–    talabalar koʻrik-tanlovni sababsiz tark etishi;

–    savollarga baland ovozda javob berishi yoki boshqa ishchi guruh a’zolari bilan bahslashishi;

–    boshqa talabalarga o‘zining xulq-atvori bilan salbiy ta’sir o‘tkazishi;

–    koʻrik-tanlov davomida talabalarga tashqi tomondan imo-ishora yoki boshqa vositalar orqali savolning javobini yetkazish ta’qiqlanadi.

Agar bunday holatlar kuzatilsa, ishchi guruh tomonidan talaba ogohlantiriladi va ushbu holat qayta takrorlansa, talaba o‘yindan chetlashtiriladi.

4.2. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish mas’ul kafedra vakillaridan tarkib topgan “Kitobxon guruh” koʻrik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

Ishchi guruh koʻrik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etadi, shu bilan birga ariza, shikoyat va takliflarni ko‘rib chiqadi.

  1. Ishchi guruh

5.1. Ishchi guruh tarkibi bir nafar savol-javoblarni o‘qib eshittiruvchi boshlovchi, koʻrik-tanlovda ishtirok etayotgan jamoalar sonidan kelib chiqqan holda kamida uch nafardan iborat ekspertlar (ekspertlar koʻrik-tanlovga qo‘yilgan kitoblarni to‘liq va mukammal o‘qigan bo‘lishlari talab etiladi) hamda talabalar tomonidan savollarga berilgan javoblar yozilgan varaqlarni ekspertlarga yetkazib beruvchi ikki nafar yordamchilardan (yordamchilar bir vaqtning o‘zida kuzatuvchi vazifasini ham bajaradi) iborat bo‘ladi.

5.2. Ishchi guruh koʻrik-tanlov davomida guruhlarning ballarini umumlashtirib borishi:

– mazkur Nizomning III bo‘limida ko‘rsatilgan qoidalar buzilgan taqdirda guruh a’zolariga ogohlantirish e’lon qilishi yoki tanlovdan chetlatishi;

– koʻrik-tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib guruhni e’lon qilish huquqiga egadir.

5.3. Ishchi guruh o‘z faoliyati yuzasidan “Besh muhim tashabbus markazi”ga hisobot berib boradi.

  1. G‘oliblarni taqdirlash

6.1. Koʻrik-tanlov g‘olibi va ishtirokchilarini taqdirlash institut rahbariyati tomonidan I, II va III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan talabalar Ishchi guruh tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishi mumkin.

  1. Yakuniy qoidalar

7.1. “Kitobxon guruh” koʻrik-tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Andijon davlat chet tillari instituti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

7.2. Davlat va nodavlat tashkilotlari o‘yinlarni o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirishda homiy sifatida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun  O’zbek adiblarining quyidagi asarlaridan foydalanish mumkin:

Shoir va yozuvchilar roʻyxati:

  1. Abdulla Qodiriy;
  2. Choʻlpon;
  3. Mahmudxoʻja Behbudiy;
  4. Abdulla Avloniy;
  5. Said Ahmad;
  6. Usmon Nosir;
  7. Abdulla Oripov;
  8. Oʻtkir Hoshimov;
  9. Erkin Vohidov;
  10. Muhammad Yusuf.

Asarlar roʻyxati:

  1. Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar”;
  2. Said Ahmad “Ufq”;
  3. Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”;
  4. Asqad Muxtor “Chinor”;
  5. Oʻtkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”;
  6. Togʻay Murod “Ot kishnagan oqshom”;
  7. Ahmad Lutfiy Qozonchi “Oʻgay ona”;
  8. Odil Yoqubov “Diyonat”.
2 Responses
  1. Maharramxon

    This competition is so fascinating that it gives opportunity to know deep about literature. I support this contest and try to participate in it with my groupmates. Thanks so much for organising this emulation.

  2. Maharramxon

    This competition is so fascinating that it gives opportunity to know deep about the literature. I support this contest and try to participate in it with my groupmates. Thanks so much for organising this emulation.

Leave a Reply

Skip to content