Assalomu alaykum, muhtarama ustozlar!
Aziz talaba-qizlar.
Sizlarni va sizlar orqali Andijonimiz ayollarini kirib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bahor faslining ilk kunlaridanoq aziz ayollarni e’zozlab, qadrlab o‘tkaziladigan bayramlarda o‘ziga hos ma’no mujassam bo‘lgani sir emas.
Ta’limda fidoyilik bilan hizmat qilayotgan muhtarama ustozlar, sizlarning faoliyatingiz har lahzada ulug’lashga munosib. Sizlar sababli farzandlarimiz munosib ta’lim va tarbiya olib, vatanimiz ravnaqi uchun hizmat qilishmoqda.
Bugungi kunda institutimizning zamonaviy bilim va iste’dodga, yetakchilik qobiliyatiga ega, el-yurtimiz uchun fidoyi bo‘lib hizmat qilayotgan opa-singillarimiz, ta’lim muassasamizning oltin fondi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qadrli opa-singillarim! Zukko talaba qizlarim yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov,
Andijon davlat chet tillari instituti rektori