«Quvnoq startlar» sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Fevral oyi – «Sog‘lom turmush madaniyati oyligi» munosabati bilan «5 ta muhim tashabbus» doirasida yoshlarni sportga jalb qilish yo‘nalishi bo‘yicha, bugun, 23- fevral kuni Andijon davlat chet tillari instituti «Roman-german va slavyan tillari fakulteti»ning 1,2,3-bosqich talabalaridan tuzilgan «Turon», To‘maris» va «Lochin» jamoalari o‘rtasida «Quvnoq startlar» sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Kurbonov Muzaffarjon hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» bo’limi boshlig’i Sh. Mamajonovlar ochib berdi va ishtirokchi talabalarga omad tiladi.

         Musobaqa shartlarini baholash uchun xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi N.Qodirova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi metodisti M.Saliyeva hamda fakultet o’qituvchisi F.Asqarova hakamlik qildilar.

Jamoalar inoqlik, quvnoqlik va tezkorlik bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar.

Yakuniy  natijalarga ko‘ra, jamoalar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha g‘olib deb topildi:

«To‘maris» – «Eng chaqqon va epchil jamoa»;

«Lochin» – «Eng tezkor jamoa».

«Turon» – «Eng inoq jamoa» ;

         Tadbir tashkilotchilari: tyutorlar O.Azimova, S.Eshonqulov, N.Jo’rayevlar.

Eslatib o’tamiz «5 ta muhim tashabbus» bo’yicha sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar barcha fakultetlarda davom etmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content